«Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyati hududlarida maişiy çiqindi poligonlarini rekultivatsiya qiliş va yangi poligonlar quriş» loyihasini amalga oşiriş uçun qiymati 120 mln AQŞ dollari bölgan kredit şartnomasi imzolangan. Bu haqda Sanitar tozalaş böyiça ixtisoslaştirilgan korxonalar respublika birlaşmasi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinişiça, loyiha doirasida:
– zamonaviy talablar asosida 6 ta (Qoraqalpoğiston Respublikasining Nukus şahar, Törtköl, Qoraözyak, Qönğirot tumanlarida hamda Xorazm viloyatining Boğot va Qöşköpir tumanlarida) yangi poligonlarni taşkil etiş;
– 14 ta hududda (Qoraqalpoğiston Respublikasining Xöjayli, Amudaryo, Beruniy, Ellikqal’a, Qonliköl, Möynoq, Çimboy, Taxtaköpir tumanlarida hamda Xorazm viloyatining Gurlan, Yangibozor, Xiva, Xonqa, Yangiariq, Hazorasp tumanlarida) çiqindilarni qayta yuklaş stansiyalarini quriş va ularni 28 ta maxsus texnika hamda 56 ta 60 m3 hajmdagi konteynerlar bilan ta’minlaş;
– yangidan taşkil etilgan poligonlarda 6 ta çiqindilarni kompost qiliş joylarini taşkil etiş va 1 ta poligonda organik çiqindilardan biologik gaz oliş hamda 6 ta çiqindilarni saralaş, 2 ta tibbiyot çiqindilarini utilizatsiya qiluvçi uskunalarini örnatiş;
– yangidan taşkil etilgan poligonlar uçun 6 ta kompaktor (ziçlagiç) va boşqa turdagi 24 ta maxsus texnikalar bilan ta’minlaş közda tutilgan.
Qöşimça qilinişiça, Sloveniyaning «CeCT» kompaniyasi tomonidan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari (TIA) işlab çiqilib, Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi tomonidan ekspertizadan ötkazilgan.
Şuningdek, Toşkent şahrida bölib ötgan «Toşkent xalqaro investitsiya forumi»da Özbekiston hukumati hamda Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki örtasida kredit şartnomasi imzolangan.

















