Navröz — an’analar, qadriyatlar, mehr-oqibat ayyomi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetida bu bayram özgaça nişonlandi. “Assalom Navröz – yangilaniş, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” şiori ostida ötkazilgan bayram tadbirida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş vazirligi qamrovidagi barça muassasalar faol iştirok etişdi. Ular tomonidan özbekona an’analar, qadriyatlar aks etgan tomoşalar uyuştirildi.


Çor tarafga taralgan özbek taomlari ifori, tulpor-u tuyalarning savlati-yu, ötovlarda bezatilgan dasturxonlar haqiqiy özbekona udumlarni aks ettirgan. Talabalar örtasida milliy sport öyinlari musobaqalari bayramning yanada qizğin ötişiga xizmat qildi.

Universitet ma’muriyati uşbu tadbir doirasida bir neçta foydali maqsadlarni közlagan holda öz talabalari bandligini ta’minlaş uçun “Böş iş örinlari körgazmasi” ham taşkil qildi. Joriy yilning 4 mart kuni Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilgan yiğilişda berilgan topşiriqlar ijrosini ta’minlaş maqsadida ötgan körgazmada talabalar öz qiziqişlari va sohalaridan kelib çiqib iş topişga muvaffaq bölişdi. Ahamiyatlisi ular bilan şu yerning özida mehnat şartnomalari imzolandi.
Tadbirga taşrif buyurgan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş vaziri Şerzod Şermatov bu bayram kommunikatsiya va milliy qadriyatlar uyğunligida ötayotganini aytib ötdi:

“Bayram bahonasida köp maqsadlarni amalga oşirişni niyat qildik. Eng avvalo, yoşlarimizni iş bilan ta’minlaş uçun mehnat yarmarkasi taşkil etildi. Köplab IT kompaniyalari kelib, öz vakansiyalarini e’lon qilişyapti, ular orasida hatto Belarus kompaniyalari ham bor. Bundan taşqari sohadagi barça korxonalar öz çiqişlarini namoyiş etişmoqda. Bu sayillar yoşlarga AKT sohasida faqat kompyuterda ötirişni emas, balki özbekona urf-odatlarni singdiriş, öz tarixini anglatişga xizmat qiladi”.
Şodiyonaga kelgan talabalar öqiş bilan birgalikda işlab tajriba orttiriş uçun böş iş örinlari körgazmasi doirasida iş topişganini ta’kidlaşdi.




















