Zelenskiy: «Putin bilan uchrashuv bo‘lmasligi ham mumkin»

Foto: Ukraina prezidenti rasmiy sayti
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy rossiyalik hamkasbi Putin bilan uchrashuv o‘tkazilmasligi ham mumkinligini aytdi. Bu haqda Ukraina yetakchisi OAV vakillari bilan uchrashuvda gapirdi.
Zelenskiyning aytishicha, Moskva bilan tinchlik kelishuvi imzolangan taqdirda ham Rossiya taqdim etadigan kafolatga ishonmaydi.
«Birgalikda eng kuchli kelishuv imzolasak ham, Rossiya ikki yildan keyin qaytib kelishi mumkin. Biz buni juda yaxshi tushunamiz va shunga qarab ish tutamiz», degan Zelenskiy tinchlik kelishuvi haqidagi savolga javob berar ekan.
Ikki tomonlama muloqot haqida gapirar ekan, Zelenskiy Putin bilan uchrashuv bo‘lmasligi mumkinligini aytdi. Ammo uning fikricha, Buchada sodir bo‘lgan voqealarga qaramay, Ukraina muzokaralarni davom ettirishi kerak.
Zelenskiy Buchada bo‘lgan voqealarni katta fojia va genotsid deb atadi. «Biz buni genotsid deb hisoblaymiz, ular qilgan barcha ishlari uchun jazolanishi kerak. Va mana shunday qiyin holatda ham uchrashish uchun imkon topish lozim, mana shunday qiyin vaqtda ham vaziyatdan chiqib ketish va o‘z hududimizni yo‘qotmaslik chorasini ko‘rishimiz kerak», dedi Zelenskiy.
U barcha harbiy jinoyatchilar jazoga tortilishiga so‘z berdi.
Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar vaqtida Putin Ukrainaga kirishining sababi sifatida keltirilgan «demilitarizatsiya» va «denatsifikatsiya» iboralari haqida umuman so‘z bormasligini aytgan.
«Demilitarizatsiya iborasi haqida menga Kiyevdan ketishni taklif qilishgandayoq unutganmiz. Ularga bu iboralarni unuting, bu haqda gaplashishni ham istamaymiz, deganmiz. Denatsifikatsiyani biz ularning o‘zidan talab qilishimiz mumkin, demilitarizatsiya ham qabul qilsa bo‘ladigan narsa emas», degan Ukraina prezidenti.
Avvalroq rossiyalik harbiylar tark etgach, yana Ukraina nazoratiga qaytgan Buchaga borgan Zelenskiy ruslar Buchada qilgan ishlarini ko‘rgan holda ular bilan gaplashish qiyin bo‘layotganini aytgandi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp: Rossiyada o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish uchun dedlayn bor
Jahon | 10:16
-
Qozog‘istonda mobil telefonlar uchun «qora ro‘yxat» joriy etiladi
Jahon | 10:11
-
O‘zbekiston va Malayziya mikroelektronika yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlaydi
O‘zbekiston | 09:42
-
YeI diplomatlari Rossiyani Ukrainada hech qanday sharsiz o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 09:38
Mavzuga oid

22:53 / 21.02.2025
500 milliard dollarlik nafrat: Tramp nega Zelenskiyni yomon ko‘rib qoldi?

18:04 / 21.02.2025
Urush va saylov: Ukrainada hozir kimning reytingi baland?

13:20 / 09.12.2024
Axios: Tramp Zelenskiy bilan Parijda uchrashishni istamagan

17:12 / 08.12.2024