Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda mashina-traktor parki binosi yonib ketdi
Yong‘in oqibatida MTP hududidagi tokarlik sexi joylashgan binoning 150 metr kvadrat maydonida shift, tom va ichki qismidagi dastgohlar yonib ketgan.
Videodan kadr
Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar berishicha, 2022 yil 7 aprel kuni soat 5:56larda Oqdaryo tumani “Navro‘z” MFY, O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan “Agro Servis” mashina-traktor parkida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida tuman FVBga xabar kelib tushgan.
Shundan so‘ng voqea joyiga 5ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Ular hodisa joyiga soat 6:00da yetib borgan va soat 6:50da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida MTP hududidagi tokarlik sexi joylashgan binoning 150 metr kvadrat maydonida shift, tom va ichki qismidagi dastgohlar yonib ketgan.
Qayd etilishicha, hodisada hech kim halok bo‘lmagan va jabrlanmagan. Hozirda yong‘in kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Avvalroq, Samarqandda Nexia-3 bilan to‘qnashgan Nexia-2 mashinasi yonib ketgandi.
Mavzuga oid
08:21 / 13.12.2025
«Aviasozlar» bozori hududida yong‘in sodir bo‘ldi
12:38 / 08.12.2025
Toshkentda yong‘in va zilzila bo‘yicha amaliy-taktik mashqlar o‘tkaziladi
13:23 / 06.12.2025
Poytaxt bozorlarida yong‘in va gaz xavfsizligi yuzasidan kuchaytirilgan tekshiruvlar o‘tkazildi
21:40 / 03.12.2025