Sodda qilib aytganda, bu loyiha yillar davomida qarovsiz qolgan köçangiz, ta’mirtalab maktab-u boğçalar, ikki avlodni körgan transformator-u simyoğoçlar, umuman, mavjud muammolarni hal etişga hukumatdan pul oliş imkoniyati demakdir.

Samarqand viloyatida “Oçiq budjet” uçun ovoz yiğiş jarayonlari qanday ötgani bilan qiziqib, qişloqlarni oralaşga qaror qildik.

Masalan, Jomboy tumanidagi Juriyat mahallasida sönggi yillarda aholi köpayişi, qolaversa, transformatorlar allaqaçon muddatini ötab bölgani sababli tez-tez avariya holati kelib çiqaveradi.

Bu holatdan zada bölgan aholi mahalladagi törtta transformatorni yuqori kuçlanişdagi transformatorga almaştiriş taşabbusini platformaga kiritişdi va eng yuqori ovoz töplab, loyiha ğolibi bölişdi.

Abduvohid Dilmurodovning aytişiça, mahalladoşlar bir ovozdan yuqoridagi taşabbusni qöllab-quvvatlagan. U har bir xonadonga kirilgani, “Taşabbusli budjet” haqida tuşunça berilganini aytadi.

Ma’lum bölişiça, juriyatliklar ijtimoiy tarmoqlarda guruhlar taşkil qilib, ovoz yiğişgan. Natijada jami 1486 ta ovoz töplanib, Juriyat mahallasi ğolib bölgan. Endi uşbu mahallaga söralgan yuqori kuçlanişli törtta transformator örnatib beriladi.

“Taşabbusli budjet” loyihasiga Jomboy tumani böyiça yetmişga yaqin taklif bildirilgan va şundan oltitasi ğolib bölgan. Xususan, Eski Jomboy mahallasidagi 28-umumta’lim maktabi uçun filial quriş taklifi ham yuqori ovoz töplagan.

Uşbu maktabga filial quriş taklifi bilan çiqqan direktor Mavjuda Qurbonovaning aytişiça, maktab qamrovi 380 nafarni taşkil etgan holda amalda 980 nafar öquvçi ta’lim-tarbiya olmoqda. Şu sababli bir neça yillar avval faoliyati töxtab qolgan filial faoliyatini tiklaş taklifini ikki mahalla – Eski Jomboy va Nayman mahallasi ahli birdek qöllab-quvvatlagan. Natijada 28-maktabning Nayman mahallasidagi filialini quriş böyiça bildirilgan 620 million sömlik loyiha ğolib bölgan.