Özbekistonda har bir bola taqdiriga qaratilayotgan e’tibor tufayli oxirgi yarim yilda «Mehribonlik» uylari, Bolalar şaharçasi va SOS bolalar mahallalari uyuşmasi qaramoğidagi 1 ming 619 nafar köngli öksik farzandlarimiz öz oilasi va yaqin qarindoşlari tarbiyasiga ötkazilgan.

Natijada 10 ta mehribonlik uyi, 3 ta bolalar şaharçasi va 2 ta bolalar uyi ehtiyoj qolmagani uçun yopilgan. 

Qolgan 6 ta «Mehribonlik» va 11 ta kiçik bolalar uylarida 1 ming 475 ta örin mavjud bölib, bugungi kunda ularda 897 ta yetim bolalar bor.

«Albatta, bolalar uylari va ulardagi yetimlar soni kamaygani, xalqimizning yuksak ma’naviyati, iymon-insofi va bolajonligini körsatib turibdi. 

Lekin, mamlakatimizda umuman yetimlar bölmasa, yanada yaxşi bölar edi. Şuning uçun, imkon qadar ularni munosib oilalarga farzandlikka berişni tezlaştiriş çoralarini köriş lozim», dedi prezident.