Qayd etilişiça, 8 aprel kuni «Namangan» xalqaro aeroportiga Qozoğistonning «SCAT Airlines» aviakompaniyasi samolyoti qöndi. 

«Olmaota şahridan uçib kelgan Boeing-737 samolyoti an’anaga köra, aeroportda tantanali ravişda kutib olindi. Şu kuni soat 02:30 da Namangandan 170 nafar yölovçi Olmaota şahriga uçib ketdi», deyiladi ma’lumotda.

Ta’kidlanişiça, Olmaota – Namangan – Olmaota yönalişi böyiça qatnovlar muntazam ravişda bajariladi. Parvozlar çorşanba va juma kunlari, haftasiga ikki marta amalga oşiriladi.