Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum ayol yoş bolalarga ozor berayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. 

Ma’lum bölişiça, Xöjayli tumanida yaşovçi ayol özining boğça yoşidagi ikki qizini tinimsiz ravişda kaltaklab keladi. Bu haqda Kun.uz’ga xabar bergan öquvçi holat muntazam ravişda davom etib kelayotganini aytgan. Qizlarning kattasi 5, kiçigi 3 yoşda.

Turli vaqtlarda olingan videolarda u farzandlariga quyidagiça munosabatda böladi:

«Yaxşilab qara. Közing oqib tuşardi. Men foto qöyolmayman. Dadang esa qörqoq. Kolyaskaning temiri peşonasiga tegdi. Köziga tegişi kerak edi. Tekkanda közi oqib tuşardi». 

«Hoy, yetimça! Itga ham keragi yöq yetimça. Sen birovga kerak bölganingda, biz uçalamiz bunday qilib ötirmasdik» 

«Itga ham keragingiz yöq, yetimçalar. Hozir piçoqlab söyib taşlasam ham, birov nega söyding, demaydi. Itga ham keragingiz yöq, yetimçalar. Bildingmi, Şodiyona, heç kimga keraging yöqligini?!» 

«Haromi, keraging yöq. Bir “oşibka”san, xolos. Jirkanaman sendan, Şodiyona. Sendan ham, dadangdan ham jirkanaman. Qaytib seni quçoqlamayman. Qizim demayman. Yetimça, taşlandiqsan». 

Suhbatdoşga köra, öz bolalarini kaltaklab videoga olgan ayol bundan olti yil ilgari turmuş örtoği tomonidan mahalliy urf-odatga köra olib qoçilgan. Örtalarida qonuniy nikoh tuzilmagan.

Ayol bolalarning otasi Rossiyada ekanida bu videolarni unga jönatiş uçun olgan.

Mazkur holat yuzasidan Içki işlar vazirligi axborot xizmati munosabat bildirdi. 

Qayd etilişiça, 2022 yil 29 mart kuni Xöjayli tumanida yaşovçi fuqaro A.A. tuman IIB boşliği nomiga ariza bilan murojaat qilgan. U 2021 yil iyul oylaridan boşlab turmuş örtoği bilan örtalaridagi özaro kelişmovçilik sababli ayoli özining ikki nafar voyaga yetmagan qizlarini urib, ularga azob berib kelayotgani, şu sababli unga nisbatan qonuniy çora körişda amaliy yordam berişni söragan.