Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden Ukrainada tinch aholi vakillari o‘ldirilishini genotsid deb atadi
Bungacha Bayden faqat «harbiy jinoyatlar» atamasini qo‘llayotgandi.
AQSh prezidenti Jo Bayden ilk bor rossiyalik harbiylarning Ukrainadagi harakatlarini «genotsid» sifatida xarakterladi.
«Ha, men buni genotsid deb atadim, chunki Putin ukrainalik bo‘lish g‘oyasini shunchaki yer yuzidan yo‘q qilishga urinayotgani tobora aniq bo‘lib bormoqda. Ruslar Ukrainada qilgan tom ma’noda dahshatli ishlarga dalillar ortib bormoqda», — degan u Ayovadagi uchrashuvda jurnalistlarga.
Shu bilan birga u Ukrainadagi hodisalarni genotsid deb kvalifikatsiya qilish yuridik nuqtayi nazaridan qanchalik to‘g‘ri bo‘lishi borasida qarorni yuristlar hal qilishi kerakligini aytgan.
«Biz yuristlarga xalqaro miqyosda bu atama to‘g‘ri keladimi yoki yo‘qligini hal qilishiga ruxsat beramiz, ammo ma’lum bir tarzda menga shunday tuyulmoqda», deya qo‘shimcha qilgan u.
Baydenning bayonotiga Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy munosabat bildirdi. «Yovuzlikka qarshi turish uchun, narsalarni o‘z nomi bilan atash kerak», — deya yozgan u tvitterida.
Mavzuga oid
21:08 / 09.06.2026
Dunyoda mojarolar soni Ikkinchi jahon urushidan beri eng yuqori darajaga ko‘tarildi - tadqiqot
09:30 / 25.03.2026
Rossiya Jinoyat kodeksiga “sovet xalqi genotsidi” bo‘yicha yangi moddalar kiritilmoqda
18:49 / 05.01.2026
Bayden AQSh sobiq prezidentlari orasida eng yuqori pensiyani olishi aniqlandi
19:47 / 25.12.2025