Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haydovchilar YPX xodimining dislokatsiya ko‘chirmasi bilan joyida tanishish huquqidan mahrum bo‘ldi
Hukumat qaroriga asosan, haydovchilarning YPX xodimi dislokatsiyasi ko‘chirmasi bilan shu joyning o‘zida tanishish huquqi bekor qilindi. Endilikda YPX xodimlari avtomobilni hujjat tekshirish uchun to‘xtatganidan keyin aniqlangan barcha turdagi huquqbuzarliklar bo‘yicha chora ko‘radi.

Foto: KUN.UZ
Hukumatning 12 apreldagi qarori bilan, “Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilinishicha, haydovchi YPX xodimining dislokatsiyasi ko‘chirmasi bilan o‘sha joyning o‘zida tanishishi mumkinligiga oid norma nizomdan chiqarib tashlandi.
Bunda dislokatsiya bilan tanishish uchun saf bo‘limiga murojaat etish orqali yozma ma’lumot olishni talab qilish mumkin.
Shuningdek, endilikda YPX xodimi transportni hujjatlarni tekshirish uchun to‘xtatganda, tekshirish jarayonida aniqlangan barcha huquqbuzarliklar bo‘yicha chora ko‘radi.
Ilgari faqat shu hujjatlarni tekshirish jarayonida aniqlangan qoidalar buzilishi bo‘yicha chora ko‘rilgan.
Nizomga haydovchilarning alkogolli ichimliklar ta’siridan mast holatda ekanligini aniqlash tartibi ham kiritildi.
Unga ko‘ra, mastlik holati alkotester yordamida hodisa joyida aniqlanishi mumkin. Tekshiruv kamida 2 ta xolis ishtirokida amalga oshiriladi (kuzatuv kamerasidan (bodikamera) foydalanilgan hollar mustasno).
Tekshiruvda etanol bug‘ 0,135 milligramm va undan ko‘p bo‘lganida haydovchiga nisbatan bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Transportlarning tusi o‘zgartirilgan (tonirovka) oynalari me’yorlariga javob berishiga aniqlik kiritish uchun taumetr moslamasidan foydalaniladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq YPX xodimlarining faoliyatini tasvirga tushirib, ularning roziligisiz internetga tarqatishni taqiqlash taklif qilingan, Ichki ishlar vazirligining bu tashabbusi tanqidlarga sabab bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qoraqalpog‘istondagi tumanda issiq tufayli bog‘chalar yopildi
O‘zbekiston | 12:20
-
Rossiyada diversiya ishi bo‘yicha sudlangan 13 kishidan 3 nafarining muddati qisqartirildi
Jahon | 12:04
-
Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha respublika kengashi tuziladi
O‘zbekiston | 11:48
-
Axborot sohasida nazorat va monitoring sobiq AOKAdan O‘zkomnazoratga o‘tdi
O‘zbekiston | 11:40
Mavzuga oid

16:22 / 10.07.2025
Alisher Qodirov ishlab chiqarilganiga 25-30 yildan oshgan mashinalarni iste’moldan chiqarishga chaqirdi

15:02 / 03.07.2025
Tenge Bankʼdan 90 ming AQSh dollarini talon-taroj qilgan shaxslar qo‘lga olindi

10:01 / 03.07.2025
Olti oyda 4 mingdan ortiq shaxs giyohvand moddalar muomalasi uchun ushlandi

19:42 / 02.07.2025