Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan eng ommalashgan yengil avtomobillar soni bo‘yicha “Nexia” yetakchilik qilmoqda - 687 164 dona.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan avtomobillar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • “Damas” - 478 270 dona;
  • “Lacetti” - 334 334 dona;
  • “Cobalt” - 331 728 dona;
  • “Matiz”  - 296 442 dona;
  • “Spark”  - 281 811 dona.

Bundan oldin O‘zbekistonga eng ko‘p yengil avtomobil Xitoydan olib kelingani xabar berilgandi.

2022 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda – 3 436 ta avtomobil.