«Budjetlararo munosabatlarni va soliq ma’muriyatçiligini yanada takomillaştiriş töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanali xabar qildi.
Qarorga muvofiq, 2022 yilda qöşilgan qiymat soliği böyiça daromadlar oşirib bajarilgan qismidan hududiy budjetlarga yönaltiriladigan mablağlarning 40 foizi respublika budjetida qoldiriladi. 2022 yil 1 maydan davlat organlari va taşkilotlarining budjetdan taşqari jamğarmalaridan Davlat xizmatini rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş jamğarmasiga ajratmalar qiliş töxtatiladi.
2022 yil aprel–dekabr oylarida davlat organlarining budjetdan taşqari jamğarmalariga kelib tuşgan mablağlarning hamda jamğarmadagi böş turgan pullarni bankka joylaştiriş orqali olinadigan daromadlarning 15 foizi respublika budjetiga ötkaziladi.
Davlat organlari joriy yil yakunigaça asosiy vositalarni xarid qilişi hamda bino va inşootlarni ta’mirlaşi taqiqlandi. Maktablar, boğçalar, tibbiyot va tibbiy-ijtimoiy muassasalari, mehribonlik uylari mustasno.
Yuridik şaxslarning mol-mulk soliğini hisoblaşda minoralar, köpriklar (estakadalar), rezervuarlar (öt öçiriş inşootlari, sisternalar), bostirmalar, şiyponlar, beton maydonlar va devorlar (bordyurlar) soliq bazasi sifatida körilmaydi.
Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev 31 mart kuni makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlaş, aholi farovonligini oşiriş masalalari yuzasidan videoselektorda yil yakuniga qadar barça hokimlik, vazirlik va idoralarga:
- moliyaviy manbasi aniq bölmagan qurilişlarni boşlaş;
- bino ta’mirlaş, avtomobil, mebel, ofis anjomlari xarid qiliş kabi qöşimça xarajatlarni amalga oşirişni qat’iyan taqiqlagandi.













