Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qiliş inspeksiyasi hamda Madaniy meros agentligi tomonidan "Sitorai Mohi Xossa" tarixiy majmuasidagi restavratsiya işlari holati örganilgan. Örganiş davomida ta’mirlaş işlari madaniy meros obektlarini restavratsiya qiliş talablariga zid ravişda olib borilgani aniqlangan.

Xususan, ta’mirlaş-restavratsiya loyihalari maxsus Ilmiy-ekspert kengaşi bilan kelişilmagan, tegişli ruxsatnomalar olinmagan va yana bir qator talablar qöpol ravişda buzilgan. Majmuada restavratsiya işlari notöğri olib borilgani tufayli saroyning bir qator qismi tarixiy va badiiy ahamiyatini butkul yöqotgan. 

Agentlik tomonidan örganiş işlari yakunlari huquqiy baho beriş uçun Boş prokuraturaga taqdim etilgan. Ayni vaqtda Boş prokuratura tomonidan mazkur holatlar böyiça mutasaddi mansabdor şaxslarga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, ularning harakatlariga huquqiy baho berilmoqda.

Ma’lumot uçun, Sitorai Mohi Xossa Buxoro amirlarining yozgi saroyi hisoblanib, asosiy binolar amir Mir Sayyid Olimxon (1911-1920 yillar) hukmronligi davrida qurilgan. Hozirda muzey sifatida faoliyat yuritayotgan majmuaga yiliga 158 ming (şundan 63 ming nafari xorijiy) sayyoh taşrif buyuradi.

Ta’kidlanişiça, 2019-2020-yillarda majmuada qiymati 8 mlrd sömlik ta’mirlaş va restavratsiya işlari olib borilgan.