Medvedchukning xotini uni britaniyalik asirlarga almashishni so‘radi
Ukrainada qo‘lga olingan deputat Viktor Medvedchukning xotini Oksana Marchenko erini Rossiya armiyasiga asir tushgan ikki nafar Britaniya fuqarosiga almashish haqida gapirdi.

Foto: Ukraina prezidenti ofisi
«Bilishimcha, britaniyalik Eyden Eslin va Shon Pinner Ukraina tomonida jang qilgan va Mariupolda asir tushgan. Ularning oila a’zolariga murojaat qilmoqchiman: siz Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonga murojaat qilib, undan Ukraina hukumatiga ta’sir o‘tkazib, yaqinlaringizni Viktor Medvedchukka almashishni so‘rashingiz mumkin», dedi Marchenko.
Keyinroq Medvedchukning xotini Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ham murojaat qilib, Rossiya va Ukraina tomoni kelisha olsa, eri britaniyalik asirlarga almashishlariga roziligini aytdi. Oldinroq Rossiya tomoni Medvedchuk boshqa davlat fuqarosi ekani va asirlar almashinuvi doirasida kerak bo‘ladigan Rossiya fuqaroligiga ega emasligini ma’lum qilgandi.
Marchenkoning bayonotini Rossiya tashqi ishlar vaziri rasmiy vakili Mariya Zaxarova ham qo‘lladi: «Yaqinda Kiyevga kelgan Boris Jonson bo‘lib o‘tgan voqealardan xabari bor va tezda javob beradi deb o‘ylayman. Liz Trass (Britaniya tashqi ishlar vaziri) esa britanliyaliklar u yerda nima qilib yurganini tushuntirib bersa kerak», deb yozdi Zaxarova o‘z sahifasida.
Viktor Medvedchuk ukrainalik rossiyaparast siyosatchi hisoblanadi. U Rossiya Ukrainada harbiy harakat boshlagach, yo‘qolib qolgandi. 12 aprel kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Medvedchuk qo‘lga olinganini aytib, uni ukrainalik asirlarga almashishni taklif qildi.
Viktor Medvedchuk qo‘lga olingach, uning xotini Oksana Marenko Moskvada rus OAVlari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazdi. O‘zining YouTube sahifasida qator davlat rahbarlariga murojaat qildi. Xususan, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga, Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘anga, Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonga, Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonga va Rossiya prezidenti Vladimir Putinga.
Medvedchuk Ukrainada davlatga xiyonat va Rossiya bilan hamkorlik qilishda ayblangan. U Rossiya bilan yaqin aloqada bo‘lgani ma’lum. Deputatning o‘zi Rossiya prezidenti Putin qiziga cho‘qintirgan ota bo‘lganini aytgan.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xorijda qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik bolalar aniqlandi
Jamiyat | 12:21
-
Britaniya Jamoatlar palatasi evtanaziya to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi
Jahon | 12:07
-
O‘zbekistonlik olimlar qovunning yangi navlarini yaratmoqda
O‘zbekiston | 11:46
-
AQShda universitetlarga tadqiqot uchun to‘lovlar kamaytirilishi bloklandi
Jahon | 11:20
Mavzuga oid

08:41
Putin Rossiyaning butun Ukrainaga bo‘lgan da’vosi haqida ma’lum qildi

01:59
«Rus askari faqat o‘lim va halokat keltiradi» - Ukraina TIV Putinning so‘zlari haqida

21:34 / 20.06.2025
«Rus askari qadami yetgan joylar bizniki» - Putin xalqaro forumda nutq so‘zladi

18:29 / 20.06.2025