Qömita xabariga köra, Özbekiston 2022 yilning yanvar-fevral oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 5,4 mln AQŞ dollariga teng bölgan 4,9 ming tonna anor eksport qilgan. 

Qayd etilişiça, anor eksporti ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 1,5 ming tonnaga oşgan.

Özbekiston 2022 yilning dastlabki ikki oyida eng köp anor eksport qilgan davlatlar orasida Rossiya yetakçilik qilyapti – 2,5 ming tonna.

Uşbu körsatkiç qolgan davlat kesimida quyidagiça:

  • Qozoğiston – 1,7 ming tonna;
  • Tojikiston – 492 tonna;
  • Qirğiziston – 239 tonna.

Ikki oyda xorijga eng köp anor eksport qilgan hududlar:

  • Qaşqadaryo viloyati – 998 tonna; 
  • Surxondaryo viloyati – 823 tonna; 
  • Toşkent viloyati – 767 tonna; 
  • Farğona viloyati – 661 tonna.