Payşanba kuni Afğonistonning turli hududlarida sodir etilgan törtta portlaş oqibatida önlab kişilar halok böldi.
Portlaşlarning birinçisi mamlakat şimolidagi Mozori Şarif şahridagi şialar masjidida amalga oşirilgan, bu hujum natijasida 30 nafardan ortiq kişi halok bölib, 90 nafar atrofidagi kişi yaralangan.
Bu terakt uçun javobgarlikni IŞID terrorçilari öz zimmasiga olgan. Afğonistonda hokimiyatni qölga olgan toliblar IŞID kuçlari tor-mor etilganini da’vo etayotganiga qaramay, bu guruh hamon mamlakatda xavfsizlik uçun jiddiy tahdid bölib qolmoqda.
IŞID jangarilari masjid binosidagi portlaş bu yerda odamlar köp bölgan vaqtda qopga solingan va masofadan boşqariladigan mina orqali amalga oşirilganini ma’lum qilgan.
Guruh bu hujumni öz sobiq yetakçisining ölimi uçun qasos olişga qaratilgan global kampaniyaning bir qismi deb atagan.
Şu bilan birga IŞID kun davomida mamlakatning boşqa hududlarida röy bergan uçta portlaşga aloqadorligini tasdiqlamadi, hozirça bu portlaşlar orasida boğliqlik borligi aniqlanmagan.
Qunduz politsiyasi rahbarining ma’lum qilişiça, ikkinçi portlaş şahardagi politsiya boşqarmasi oldida röy bergan va bu yerda avtomobil portlagan. Natijada tört kişi halok bölib, 18 kişi yaralangan.
BBC olgan ma’lumotga köra, uçinçi portlaş mamlakat şarqidagi Nangarhor viloyatida amalga oşirilgan, bu yerda toliblar avtomobili yölda örnatilgan portlovçi qurilma orqali portlatilib, tört kişi halok bölgan va bir kişi yaralangan.
Törtinçi portlaş esa Kobuldagi tumanlardan birida sodir bölib, ikki bola jarohat olgan.
Bir neça kun oldin esa poytaxtdagi şialar istiqomat qiluvçi tumandagi maktabda birdaniga ikki bomba harakatga keltirilgandi, rasmiylar ma’lumotiga köra, bu terakt oqibatida kamida olti kişi halok bölgan va 20 nafar atrofidagi kişi tan jarohatlari olgan. Ötmişda IŞID jangarilari uşbu hududda portlaşlar amalga oşirişgan, ammo ular sönggi portlaşlarga aloqadorliklarini tan olişmagan.
Hazoralarga zarba
Guvohlar va mahalliy naşrlar xabar berişiça, Mozori Şarifdagi Seh Dokan masjidida portlaş dindorlar namoz uçun yiğilgan vaqtda sodir bölgan. Bu - şahardagi eng yirik masjidlardan biri va bu yerda Afğonistondagi ozçilikni taşkil etuvçi hazoralar vakillari ibodat qiladi.


















