Toşkent şahridagi uy-joy mulkdorlari şirkatlari 3,5 mlrd sömlik moliyaviy qonunbuzarlikka yöl qöydi. Bu haqda Kun.uz'ga Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, holat aholi murojaatlariga asosan, Uy-joy fondi inspeksiyasi tomonidan Toşkent şahridagi uy-joy mulkdorlari şirkatlarining faoliyatini örganiş işlari ötkazilganda aniqlangan.
Örganiş natijalariga köra, 32 ta şirkat tomonidan 28 ta holatda, jami 3,5 mlrd söm mablağ maqsadsiz sarflangani yoki talon-toroj qilingani aniqlangan. Xususan:
- Mirzo Uluğbek tumanida jami 409,9 mln söm;
- Yunusobod tumanida jami 563,7 mln söm;
- Yaşnobod tumanida jami 625,0 mln söm;
- Sergeli tumani «Mehnat Rohat Servis» şirkatida – 92,9 mln söm;
- Yakkasaroy tumanida jami 377,0 mln söm;
- Olmazor tumanida jami 245,2 mln söm;
- Çilonzor tumanida jami 196,9 mln söm;
- Uçtepa tumanida jami 753,1 mln söm;
- Mirobod tumanida – 15,2 mln söm;
- Bektemir tumanida jami 176,6 mln söm majburiy badal mablağlari maqsadsiz işlatilgan yoki talon-toroj qilingan bölişi mumkin.
“Mazkur holatlar yuzasidan tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, huquqni muhofaza qiliş organlariga taqdim etildi”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Eslatib ötamiz, mazkur inspeksiya mart oyida uy-joy mulkdorlari şirkatlari 1,8 mlrd söm mablağni talon-toroj qilganini ma’lum qilgandi.
Aniqlangan qonunbuzarliklar quriliş-ta’mirlaş işlari hajmiga qöşib yoziş, kredit mablağlarini bemaqsad işlatiş, majburiy badaldan tuşgan mablağlarni talon-toroj qiliş bilan boğliq edi.

















