Hukumat qarori bilan A’zam Abdullayev Axborotlaştiriş va telekommunikatsiya sohasida nazorat böyiça davlat inspeksiyasining boşliği vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi. Bu haqda Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanali xabar qildi.

A’zam Abdullayev

A’zam Abdullayev 1983 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. Ma’lumoti oliy. 2005 yilda Toşkent Davlat texnika universiteti (bakalavriat), 2007 yilda Toşkent Axborot texnologiyalari universiteti (magistratura)ni tamomlagan.

Hozirga qadar «Toşşahartransxizmat» AJ boşqaruv raisining Axborot texnologiyalari va mahalliylaştiriş böyiça birinçi örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib ötamiz, 2021 yilning 3 noyabr kuni «Özkomnazorat» tomonidan Şaxsga doir ma’lumotlar sub’yektlari huquqlarini buzuvçilar reyestriga qöşilgan ijtimoiy tarmoqlar (Telegram, YouTube, Instagram, Facebook va «Odnoklassniki») faoliyati çeklab qöyilişi katta şov-şuvlarni keltirib çiqardi.

Şundan söng, prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov «Özkomnazorat»ning bir yoqlama, uzoqni öylamay qilgan harakatidan davlat rahbari xabar topganini ma’lum qildi. 2017 yildan buyon Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat böyiça davlat inspeksiyasi boşliği bölgan Ğolibşer Ziyayev esa notöğri va kelişilmagan xatti-harakatlari uçun egallab turgan vazifasidan çetlatildi.

Keyinroq Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri Şuhrat Sodiqov va boş vazir maslahatçisi − IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantiriş masalalari departamenti boşliği Olimjon Umarov ham lavozimidan ozod qilindi.