AOKAda ötkazilgan Madaniy meros agentligi matbuot anjumanida madaniy meros obektlari röyxatini hamma uçun oçiq platformaga joylaş yoki ularni elektron katalogga ötkaziş masalasi kötarildi.

Agentlik direktori Şahriyor Nurulloyevning javob berişiça, madaniy meros obektlari jamoatçilikdan berkitilmaydi. Obektning madaniy merosga kiriş-kirmasligini bir neça usul bilan tekşiriş imkoni bor.

“Lex.uz portalida Vazirlar Mahkamasining 2019 yilda çiqqan 846 qarori bor. Unda 8209ta obekt manzili bilan nomma-nom, tumanma-tuman hammasi yozib çiqilgan. Arxeologik bölsa, arxeologik obekt, arxitektura bölsa, arxitektura obekti deyilgan. Şu yerdan ham obektlarni tekşirsa böladi. Bundan taşqari, bunday obektlar rasmlari bilan portalimizda ham bor edi. Texnik sabablarga köra, hozir iş töxtab qoldi”, – dedi agentlik rahbari.

Şuningdek, Nurulloyevga köra, madaniymeros.uz saytidan ham muhofazadagi obektlar bilan tanişiş mumkin. U yerda har bir obekt ilmiy eksport kengaşi xulosasi bayoni bilan raqamlaştirilgan holda joylaştirilgan.

“Ba’zi taşkilotlar, – deydi agentlik rahbari, – madaniy meros obekti hisoblangan binoni e’tibor bermay auksionga qöygan yoki boşqa holatlari uçun biz javob berolmaymiz. Lekin aniqlasak, çora köramiz”.