Vazirlar Mahkamasining 2 iyundagi qarori bilan Bahodir Ganjiyeviç Abdikarimov Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktori lavozimiga tayinlandi Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Boş prokuror matbuot kotibi Hayot Şamsutdinovning ma’lum qilişiça, Bahodir Abdikarimov tayinlovga qadar Boş prokuratura bölim boşliği lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
U 29 may kuni Madaniy meros agentligi direktori lavozimidan ozod etilgan Şahriyor Nurulloyevning örnini egalladi. Nurulloyev uşbu lavozimda yarim yil ham işlamadi.
Ma’lumot uçun, 2021 yil aprel oyida prezident farmoni bilan Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va xorijdagi Özbekiston madaniy boyliklarni örganiş markazi asosida Madaniy meros agentligi taşkil etilgandi. Agentlik davlat budjeti mablağlari hisobidan amalga oşiriladigan moddiy madaniy merosning köçmas mulkini asraş böyiça işlarning buyurtmaçisi sifatida belgilangan.

















