Özbekiston xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov Telegram'dagi kanalida malakali öqituvçilar yetişmovçiligi muammosi haqida yozdi.

“Maktabda ta’lim sifati eng avvalo şu maktabda işlayotgan öqituvçilar sifati va saviyasiga boğliq. Zero, ta’lim sifati – öqituvçi sifatidan yuqori böla olmaydi.

Bugungi kunda respublika maktablarida 504 ming nafar öqituvçilarimiz faoliyat yuritadi Ularning 280 ming nafardan ortiği, ya’ni 56 foiz öqituvçilarimizning salohiyati talab darajasida emas. Bu degani deyarli 3 mlnga yaqin öquvçi-bolalarda yuqori malakali öqituvçidan ta’lim oliş imkoniyati mavjud emas”, – dedi vazir.

Uning sözlariga köra, maktablarda faoliyat yuritayotgan öqituvçilarning sifat tarkibini yaxşilaş va ularning doimiy malakasini oşiriş, ular uçun uzluksiz metodik yordam körsatiş tizimini joriy etiş böyiça vazifalarni belgilab olgan.

Bu vazifani bajarişda vazirlik huzuridagi A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot institutiga katta işonç va mas’uliyat yuklangan. Institut va hududlardagi 14 ta markaz bu yönalişdagi asosiy böğin etib belgilangan.

“Xabaringiz bölsa kerak, 2022 yildan boşlab, öqituvçilar malakasini oşiriş tizimi uzluksiz kasbiy rivojlantiriş tizimiga transformatsiya böldi. Endi öqituvçilardan doimiy öz ustlarida işlaş, bilim va malakalarini oşiriş talab etiladi.

Şu bilan birga, öqituvçi öziga qulay şaklda (onlayn yoki an’anaviy), istagan va qulay vaqtda (yil davomida yoki yiliga 1 xafta) va xohlagan joyda (platformada, markazda, nodavlat taşkilotda yoki OTMda) malaka oşirişi imkoniyati ham yaratildi.

Endi öqituvçi maxsus platforma orqali öz bilimlarini diagnostika qiladi hamda aniqlangan bilimdagi böşliqlar asosida malaka oşiradi.

Har bir öqituvçining kasbiy rivojlaniş dinamikasi platforma orqali doimiy monitoring qilib boriladi.

Bir söz bilan aytganda öqituvçilarni uzluksiz kasbiy rivojlantirişning mexanizmi va infrastrukturasi şakllantirildi. Masala faqat malaka oşiriş hamda metodik yordam körsatişning mazmuni, ya’ni kontentida qoldi.

Aynan şu masalada xalqaro taşkilotlar va donorlar bilan hamkorlikni kuçaytirişimiz zarur, deb hisoblaymiz”, – degan Saidov.