Qayd etilişiça, 2021 yilda Içki işlar vazirligiga odam savdosi bilan boğliq jami 840 ta murojaat, şundan, 144 tasi “dolzarb aloqa tarmoği” orqali va 696 tasi boşqa manbalardan kelib tuşgan.

Murojaatlarning 162 tasi böyiça 195 nafar aybdor şaxslarga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan, 300 tasi böyiça fuqaroviy-huquqiy munosabatlar doirasida hal etilişi yuzasidan malakali huquqiy tuşuntiriş berilgan, 378 tasi amaliy yordam körsatilişi munosabati bilan qanoatlantirilgan. 

Jinoyat kodeksining 135-moddasi böyiça 162 ta odam savdosi jinoyatlari aniqlangan. Şuningdek, odam savdosi bilan boğliq jinoyatlar turkumiga kiruvçi jinoyatlar, xususan “Ön olti yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş” (JKning 128-moddasi) böyiça 338 ta hamda “Qöşmaçilik qiliş yoki fohişaxona saqlaş” (JKning 131-moddasi) böyiça 1 043 ta jinoyat aniqlangan.

Odam savdosiga (JKning 135-moddasi) oid sodir etilgan jinoyatlar böyiça 195 nafar şaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan bölib, ulardan 156 nafarini (80 foiz) ayollar va 39 nafarini (20 foiz) erkaklar taşkil etgan.

Jinoyatlarning 96 tasi şahvoniy, 11 tasi mehnat ekspluatatsiyasi va 55 tasi çaqaloq savdosi bilan boğliq jinoyatlar.

Senat raisi Tanzila Norboyeva 2021 yilda odam savdosi bilan boğliq jinoyatlarni aniqlaş  va aybdor şaxslarni jinoiy javobgarlikka tortiş körsatkiçlari ortganini qayd etdi.  
"2021 yilda odam savdosi bilan boğliq jinoyatlarni aniqlaş işlari 2020 yilga nisbatan 43 foizga, aybdor şaxslarni jinoiy javobgarlikka tortiş işlari 47,5 foizga ortgan. Uşbu yönalişlarda amalga oşirilayotgan işlar xalqaro hamjamiyat tomonidan ham ijobiy baholanib, mamlakatimiz imijini oşirişga xizmat qilmoqda", deydi Tanzila Norboyeva.

2021 yilda voyaga yetmagan şaxslardan şahvoniy maqsadlarda foydalaniş holatlari 2020 yilga nisbatan qariyb 2 baravarga köp aniqlangan bölib, uşbu holatlar asosan Buxoro, Samarqand, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari va Toşkent şahrida qayd etildi. Şahvoniy maqsadlarda sodir etilgan jinoyatdan 120 nafar ayol jabrlangan.

20 nafar öğil va 27 nafar qiz bola çaqaloq savdosi jabrdiydasi bölgan. 2021 yil davomida çaqaloq savdosi bilan boğliq 55 ta jinoyatlar aniqlangan bölib, 73 nafar şaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Mamlakatda sudlar tomonidan 155 nafar şaxsga nisbatan 107 ta odam savdosi bilan boğliq jinoyat işi körilgan bölib, 1 nafar şaxsga nisbatan oqlov hukmi, 154 nafar şaxsga nisbatan ayblov hukmi çiqarilgan.