Outdoor Factory vakili Toşkent muzeylarini rekonstruksiya qiliş loyihasini taqdimot qilmoqda. 2022 yil 18 aprel / Foto: Prezident matbuot xizmati

Toşkentdagi Özbekiston tarixi muzeyi, Temuriylar tarixi muzeyi va Tabiat muzeyini rekonstruksiya qiliş hamda raqamlaştiriş işlari loyihasini Turkiyaning Outdoor Factory kompaniyasi amalga oşiradi.

Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev 29 aprel kuni imzolagan qarordan ma’lum bölişiça, bu loyihalarni bajariş uçun turk kompaniyasi bilan töğridan töğri şartnoma tuzişga istisno tariqasida ruxsat berilgan.

Bu muzeylarni rekonstruksiya qiliş va jihozlaş işlari keyingi 5 oy muddatda Toşkent şahar hokimligi mahalliy budjetining qöşimça manbalari hisobidan amalga oşirilişi közda tutilgan. Ajratiladigan mablağ miqdori körsatilmagan.

Gazeta.uz'ning e’tibor qaratişiça, Outdoor Factory kompaniyasi “Istiqlol” majmuasi va “Yangi Özbekiston” istirohat boği, şuningdek, “Yangi Özbekiston” universiteti, Toşkentning eski şahar hududida joylaşgan turistik markaz (Zarqaynar köçasini rekonstruksiya qiliş)ni loyihalaş va qurişda, “Texnopark” (sobiq TAPOiÇ) hududida joylaşgan akvapark loyihacida, Magic City qurilişining ikkinçi bosqiçida ham iştirok etgan.

Outdoor Factory – Toşkentdagi milliardlab sömlik quriliş loyihalarini tendersiz qölga kiritayotgan Mimar Group'ning yaqin hamkori hisoblanadi. 2021 yil 9 noyabr kuni ikki kompaniya örtasida özaro tajriba almaşiş va hamkorlik memorandumi imzolangan.

Avvalroq, Toşkent şahar hokimligi oçilganiga 15 kun bölgan kompaniya bilan 1 mlrd sömlik, xuddi şu tadbirkorga tegişli, biroq avvalroq hokimniki bölgan brend bilan 756,7 mln sömlik şartnomalar tuzgan, şuningdek, 1 mlrd sömlik Artel maişiy texnikalarini xarid qilgandi