Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining ayrim tumanlarida kuçli sel kelgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unda aytilişiça, 2022 yil 9 may kuni tunda Samarqand tumani “Yuqori Ohalik” MFYda köp miqdorda yomğir yoğişi natijasida uşbu hududdan oqib ötuvçi soyga yomğir suvlari siğmay, toşib çiqişi holati yuzaga kelgan.
Hodisa oqibatida taxminan soat 23:30 larda uşbu mahallada yaşovçi fuqaro M.A.ga tegişli bölgan “Jiguli VAZ-21011” maşinasi yaşaş uyi yaqinidagi soy suv yölida qolganligi sababli sel uni taxminan 40-50 metr masofaga surib borgan. Oqibatda maşinaga qisman zarar yetgan.
Qayd etilişiça, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bölganlar yöq. Mazkur holat yuzasidan Samarqand tuman FVBga fuqarolar tomonidan murojaatlar kelib tuşmagan.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, bugun, 2022 yil 10 may kuni ham Samarqand viloyatining bir qator tumanlarida yomğir yoğib kuçli sellar kelgan. Jumladan, Urgut, Nurobod, Samarqand tumanlarida soylar va ayrim köçalar tölib suv oqqan.
Avvalroq Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi qişloqlardan birida 40 dan ortiq xonadonni suv bosgan va 230 nafardan ortiq fuqaro xavfsiz joyga köçirilgandi.
Şuningdek, 2022 yil 3 may kuni yoğib ötgan yomğirlar Surxondaryo viloyatining bir qator hududlarida kuçli sellarni keltirib çiqardi. Sel yengil maşina va çorva mollarini oqizgan. Bundan taşqari, yuqori kuçlanişli elektr liniyasi temir ustunini yiqitgandi.
Bundan taşqari, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida yengil maşinalarni sel oqizib ketgandi.
“Özgidromet” 9-13 may kunlari yoğingarçilik oqibatida Qaşqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Navoiy, Toşkent, Namangan, Andijon va Farğona viloyatlarida sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkinligi haqida ogohlantirgandi












