




JSST, şuningdek yölda ehtiyotkorlikni oşiriş böyiça öziga xos ijtimoiy videolavhalarni ham muntazam e’lon qilib boradi.
BMT ma’lumotlariga köra, dunyo böylab yiliga 50 milliondan ortiq odam YTH sabab jarohat oladi va majruh bölib qoladi. Har yili 1,3 mln inson, şu jumladan bolalar qurbon böladi. Har kuni 3,5 ming kişining joni yöllarda uziladi.
Bu raqamlarni şunçaki aytib ketiş oson. Lekin çuqurroq tafakkur qilinsa, dunyoda aholisi 1,3 mln kişiga yetmaydigan saksondan ortiq davlat bor. Ya’ni har yili kiçikroq bölsa-da bitta davlat aholisi ğildiraklar ostida yançilib nobud bölmoqda.
Kunlik körsatkiçlar ham dahşatli. Özbekistonning örtaça qişloqlarida 3,5 ming aholi yaşaydi. Har kuni bitta qişloq ahli ölib ketaverişini tasavvur qiliş muammo kölamini anglab olişda qöl keladi.
Ekspert muammo yeçimiga kompleks yondaşişni tavsiya etadi. Yöl harakatining barça iştirokçilarida yöl madaniyatini şakllantirişga qaratilgan tarğibot, yöl infratuzilmasi va undagi harakatni oqilona taşkil etiş, qoidalar buzilgani uçun jazo muqarrarligi, sohaga zamonaviy texnologiyalarni olib kiriş, avtomobillarga muayyan talablar qöyiş kabilar şular jumlasidan.
BMT va JSSTning maqsadlari ulkan bölişiga qaramay, zamonaviy dunyoda har 24 soniyada bir inson YTH natijasida halok bölişda davom etmoqda. Afsuski, Özbekistondagi vaziyat ham öta oğir. 2021 yil yakunlariga kelib YTHlar soni 10 mingdan ortgan va oldingi yilga nisbatan 43,24 foizga ortib, ular natijasidagi ölim körsatkiçi 23,65 foizga qadar oşgan.
















