Prezident Şavkat Mirziyoyev 19 may kuni geologiya sohasiga oid loyihalar taqdimoti bilan tanişdi. Loyihalar foydali ma’danlar va yerosti suvi zaxiralarini kengaytirişga qaratilgan.
Rasmiy relizga köra, sönggi yillarda uran böyiça 27 ta yangi kon oçilib, barqaror xomaşyo bazasi yaratilgan. Lekin sohadagi imkoniyatlar ança köp. Taqdimotda davlat rahbarining nodir va noyob metallar qazib oliş hajmini oşiriş böyiça topşiriğidan keyin işlab çiqilgan rejalar yuzasidan axborot berilgan.
Qayd etilişiça, umumiy qiymati 182 million dollarlik 14 loyiha şakllantirilgan. Prezident bu loyihalar bilan çegaralanmasdan, yuqoriroq marra oliş kerakligini ta’kidlagan.
“2022-2026 yillarda geologiya-qidiruv işlarini amalga oşiriş böyiça alohida dastur işlab çiqiş vazifasi qöyildi. Bu dasturda 8 ta yangi kon va 18 ta istiqbolli maydon hisobiga uran zaxirasini oşiriş, zamonaviy burğilaş uskunalarini olib keliş, raqamli geologiya modelini yaratiş közda tutiladi.
Şuningdek, “Navoiyuran” davlat korxonasini transformatsiya qiliş, xorijiy mutaxassislarni jalb etib, texnologik jarayonlarni takomillaştiriş böyiça körsatmalar berildi.

Uran zaxirasini xalqaro standartlarga muvofiq baholaş, sönggi texnologiyalar asosida rudadan uranni ajratib oliş darajasini oşiriş muhimligi qayd etildi.
Taqdimotda istiqbolli konlarni tayyorlaş va ularga investorlarni jalb qilişga oid taklif ham körib çiqildi. Unga köra, Özbekiston Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi huzurida “Yangi kon” loyiha ofisi taşkil etiş, uning ustav kapitaliga 15 million dollar ajratiş möljallangan. Bu loyiha ofisi litiy, alyuminiy, magniy, grafit va boşqa nodir metallarni işlab çiqariş böyiça investitsiya loyihalarini amalga oşiradi.
Şavkat Mirziyoyev jahon bozorida uran narxi barqaror ösib borayotgani, yangi loyihalarda bu xomaşyoni qayta işlaş va qöşilgan qiymat yaratişga alohida e’tibor qaratiş kerakligini aytdi”, – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Qayd etilişiça, sohada malakali kadrlar tayyorlaş maqsadida Geologiya fanlari universiteti taşkil etildi; Navoiy konçilik institutiga universitet maqomi berildi; Italiyaning Piza va Rossiyaning Sankt-Peterburg konçilik universitetlari bilan qöşma dasturlar tuzildi. Lekin zamonaviy bilimga ega, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni yaxşi özlaştirgan örta böğin mutaxassislarini tayyorlaş sust.


















