Prezident “Dorivor ösimliklarni madaniy holda yetiştiriş va qayta işlaş hamda davolaşda ulardan keng foydalanişni taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni imzoladi.
Soğliqni saqlaş vazirligi Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi bilan birgalikda 2022 yil 1 sentabrdan boşlab dorixona sotuv zali peştaxtalarining kamida 10 foiziga dorivor ösimliklar xomaşyosidan tayyorlangan biologik faol qöşimçalar va dori vositalarini joylaştirişni dori vositalari va tibbiy buyumlarni çakana realizatsiya qilişning litsenziya talablari va şartlariga kiritiş çoralarini köradi.
Belgilanişiça:
- 2025 yil 1 yanvarga qadar dorivor ösimliklarni yetiştirişdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari böyiça jami daromadning kamida 80 foizini taşkil etadigan tadbirkorlik sub’yektlaridan olinadigan yer soliği, foyda soliği va mol-mulk soliği stavkalari 50 foizga kamaytiriladi. Bunda mazkur xatboşiga asosan soliqlardan ozod qilinadigan mablağlar dorivor ösimliklar plantatsiyalarini kengaytirişga yönaltirilişi şart;
- dorivor ösimliklar xomaşyosidan biologik faol qöşimçalar, essensiyalar va ekstraktlar işlab çiqaruvçilar tomonidan öz ehtiyojlari uçun olib kelinadigan Özbekistonda işlab çiqarilmaydigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovçi va ehtiyot qismlari, sendviç-panellar va ventilyatsiya tizimlari hamda biologik faol qöşimçalar işlab çiqariş uçun işlatiladigan xomaşyo va materiallar, qadoqlaş materiallari belgilangan tartibda şakllantiriladigan röyxatlar böyiça 2025 yil 1 yanvarga qadar bojxona bojidan ozod qilinadi;
- dorivor ösimliklarni yetiştiriş va qayta işlaş uçun foydalaniladigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovçi va ehtiyot qismlari, sendviç-panellar va ventilyatsiya tizimlari, asbob-uskunalar, xomaşyo, materiallar, kimyoviy preparatlar hamda himoya vositalarini olib kirişda qöşimça qiymat soliğini 180 kunga keçiktirib tölaş imkoniyati beriladi;
- dorivor ösimliklar xomaşyosi hamda undan tayyorlangan biologik faol qöşimçalar, essensiyalar va ekstraktlarni eksport qiluvçi tadbirkorlik sub’yektlarining eksport uçun sarflangan avtomobil, temiryöl va havo transportida taşiş xarajatlarining 50 foizigaça qismi Eksportni rağbatlantiriş agentligi tomonidan qoplanadi.












