Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti maymun çeçagi kasalligini yuqtiriş böyiça 80ga yaqin holatni tasdiqladi. Yana 50 holat böyiça tekşiruv işlari olib borilmoqda.
«Ilgari xabar qilingan 11 mamlakatdagi kasallaniş holatlari ğayrioddiy hisoblanadi, çunki holatlar endemik bölmagan davlatlarda qayd etilgan», — deyiladi taşkilot xabarida.
Ma’lum qilinişiça, JSST maymun çeçagi kasalligi tarqalişi darajasi va uning sabablarini aniqlaş ustida iş olib bormoqda.
Şuningdek, qayd etilişiça, kasallik bemor bilan yaqin muloqot qilganda yuqadi.
Maymun çeçagi kasalligini yuqtiriş holatlari Ispaniya, Portugaliya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Italiya, Fransiya, Germaniya, Şvetsiya, Kanada, AQŞ va Avstraliyada aniqlangan.

















