Majlisda Senatning yigirma oltinçi yalpi majlisini 2022 yil 28 may kuni çaqiriş töğrisida qaror qabul qilindi. Video-konferens-aloqa şaklida bölib ötadigan yalpi majlisda bir qator masalalar körib çiqilişi nazarda tutilgan.

“Davlat fuqarolik xizmati töğrisida”gi, “Yer uçastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyiş tartib-taomillari töğrisida”gi, “Yer munosabatlarida tenglik va şaffoflikni ta’minlaş, yerga bölgan huquqlarni işonçli himoya qiliş va ularni bozor aktiviga aylantiriş tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi, “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar töğrisida”gi qonun 19-moddasiga qöşimça va özgartiş kiritiş haqida”gi qonunlar şular jumlasidan.

Şuningdek, senatorlar tomonidan iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obektlari hamda aholi turar joylarida quyoş va şamol energiyasidan foydalaniş böyiça Qoraqalpoğistonda amalga oşirilayotgan işlar töğrisida Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament sörovi natijalari ham körib çiqiladi.

Bundan taşqari, internetda yoşlar va voyaga yetmaganlar uçun milliy kontentni rivojlantiriş, ularning ijtimoiy tarmoqlardan foydalaniş madaniyati va zararli axborotdan himoya qiliş masalalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament sörovi natijalari ham muhokama etiladi.

Şuningdek, yengil sanoat va çarm sanoati korxonalarida xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilişning holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament sörovi natijalarini ham körib çiqiş nazarda tutilgan.

Yalpi majlisda Senat Orolböyi mintaqasini rivojlantiriş masalalari va ekologiya qömitasining 2021 yil va 2022 yilning birinçi çoragidagi faoliyati töğrisidagi hisobotini ham eşitiş rejalaştirilgan.