Virus tarixi

Maymun çeçagi nomini olgan bu kasallik katta ehtimol bilan tabiatda azaldan bölgan. Lekin ilk bor 1958 yilda Daniyadagi laboratoriya maymunlaridan ajratib olingan va şu nomni olgan. Odamda esa birinçi marta 1970 yilda Kongoda qayd qilingan va şundan söng Afrika hududida muntazam uçrab turgan. 1981–1986 yillarda ötkazilgan tadqiqotlar natijasiga köra hududda jami 338 holat qayd etiladi va 33 ta ölim holati yuz beradi (9,8 foiz). 1991–1999 yillar oraliğida yana 511 ta holat röyxatga olinadi.

AQŞda 2003 yilda zoodökondagi kemiruvçi hayvonni öynagan bolada qayd etiladi va şu yilning özida yana 71 kişida bu kasallik kuzatiladi. Ularning aksariyati Ganadan olib kelingan kalamuşlarni xarid qilganlar edi. Vaqtida körilgan çoralar natijasida kasallik tarqalişining oldi olinadi, bemorlar orasida ölim holati qayd etilmaydi.

Tarqaliş – 2022

Bu kasallik Afrika qit’asining uzoq hududlari uçun odatiy bölsa-da, 2022 yilga kelib Yevropada qayd etilgani va boşqa davlatlarda ham uçray boşlagani kutilmagan hol böldi. Maymun çeçagi kasalligi Italiya, Britaniya, Ispaniya, Belgiya, Fransiya, Şvetsiya, Avstraliya va Kanadada aniqlandi. BAAda kasallik tarqalişining oldini oliş böyiça çoralar köriş boşlandi. Boşqa davlatlar ham ehtimoliy tarqaliş oldini olişga kirişdilar. Koronavirus pandemiyasidan keyin har qanday yuqumli kasallikka nisbatan hadik paydo bölgani tufayli köpçilikning diqqat-eʼtibori maymun çeçagiga qaratildi. Belgiya hatto bu kasallikka çalinganlarni 21 kunlik karantinga olişini e’lon qildi.

JSST ma’lumotlariga köra, 21 mayga kelib, dunyoda böyiça bu kasallikning 90 ga yaqin tasdiqlangan holatlari qayd etilgan. Yana 30 ga yaqin odam uşbu kasallikka çalinganlikda gumon qilinmoqda. Bu kasallik yoki asoratlari tufayli ölim holatlari kuzatilmagan.

Kimlar duçor bölmoqda?

Yevropadagi ilk holat joriy yilning 7 mayida Buyuk Britaniyaning Nigeriyaga borib qaytgan ikki fuqarosida qayd etildi. Keyinçalik boşqa davlatlarda, qit’alarda, jumladan Yevropaga borib kelgan sayyohlarda ham uçray boşladi. Kasallanganlarning aksariyati 20–40 yoş orasidagi erkaklar edi. Bu yerda yana bir muhim va nozik jihat bor – 9 holatning 6 tasida kasallanganlar besoqolbozlar