Maymun çeçagi kasalligi oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqmaydi, dedi Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining favqulodda vaziyatlar böyiça dasturi rahbari Mayk Rayan.
"Hozirda maymun çeçagi kasalligi oddiy taom orqali, oziq-ovqat mahsulotlari sotib olganda yuqişi borasida heç qanday dalil yöq", - dedi Rayan.
"Taomingiz hamişa xavfsiz bölişi uçun taom tayyorlaş yöriqnomasiga amal qiliş juda-juda muhim", - deb ta’kidladi JSST vakili.
Uning qayd etişiça, kasallik aksariyat hollarda jinsiy yöl orqali yuqmoqda.
JSST ma’lumotlariga köra, 63 mamlakatda maymun çeçagi kasalligini yuqtiriş bilan boğliq 9,2 mingta holat qayd etilgan.

















