Yevropada oxirgi ikki haftada maymun çeçagi kasalligini yuqtiriş holatlari uç baravarga köpaydi. Bu haqda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti mintaqaviy byurosi direktori Hans Klyuge ma’lum qildi.
U YeIning barça mamlakatlarini kasallikka qarşi kuraşda maksimum çoralarni körişga çaqirdi.
Klyugening fikriça, kasallik tarqalişining avj olişi real xavf tuğdiradi. Uning sözlariga köra, virus qançalik uzoq vaqt tarqalsa, kasallik noendemik mamlakatlarda şunçalik kuçli örnaşib oladi.
Ma’lumotlarga köra, hozirga qadar dunyo böyiça maymun çeçagi kasalligini yuqtiriş bilan boğliq 4500dan ortiq holat qayd etilgan.
Kasallik 51 mamlakatda aniqlangan. Kasallanganlarning 90 foizi Yevropaga töğri keladi. Qit’aning 31 mamlakatida maymun çeçagi kasalligi aniqlangan bölib, bemorlarning 99 foizi 21 yoşdan 40 yoşgaça bölgan erkaklardir.

















