Şavkat Mirziyoyev 25 may — Sönggi qönğiroq bayrami munosabati bilan maktab bitiruvçilariga tabrik yölladi. Tabrik Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

Qadrli maktab bitiruvçilari!

Sizlarni maktab ta’limini muvaffaqiyatli tugatib, mustaqil hayotga – umringizning yanada gözal va mas’uliyatli bosqiçiga qadam qöyayotganingiz bilan çin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Mamlakatimizdagi barça umumta’lim dargohlarida “sönggi qönğiroq”lar yangrab, qadrdon maktabingiz, mehribon ustozlaringiz bilan xayrlaşuv tadbirlari ötkazilayotgan uşbu quvonçli va ğoyat hayajonli damlarda hammangizga kelgusi hayotda ulkan yutuq va omadlar tilayman.

Umid va işonç ramzi bölgan yetuklik şahodatnomalari barçangizga muborak bölsin!

Aziz bolalarim!

Bu yil respublikamizda 390 ming nafardan ziyod öquvçi yoşlar umumta’lim maktablarini bitirmoqda. Heç şubhasiz, öz bilim va iste’dodini Vatanimiz va xalqimizga munosib farzand bölişdek olijanob maqsadlarga sarflaşga çoğlanib turgan sizdek tirişqoq va intiluvçan farzandlarimiz – bizning işonçimiz va tayançimiz, Yangi Özbekistonning oltin fondi, bebaho xazinasidir.

Albatta, bugun yurtimizda maktab bitiruvçilari bilan birga ularning ota-onalari, ustoz-murabbiylar uçun ham unutilmas kundir. Uşbu quvonçli ayyomda ularni ham çin dildan qutlab, barçasiga ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.

Sönggi yillarda maktabgaça ta’lim, oliy va örta maxsus ta’lim tizimi sifat jihatidan keskin özgardi. Ayniqsa, maktab ta’limini rivojlantiriş umumxalq harakatiga aylanib, bu borada tub islohotlar amalga oşirilmoqda. Hozirgi vaqtda yurtimizda 10 mingdan ziyod davlat umumta’lim maktablari bilan birga köplab nodavlat, davlat-xususiy şeriklik şaklidagi maktablar, Prezident, ixtisoslaştirilgan va ijod maktablari faoliyat yuritayotgani uşbu tizimda qisqa muddatda çuqur tarkibiy va sifat özgarişlari yuz berganini körsatadi.

Birgina ötgan yilda 3,3 trillion söm mablağ hisobidan 789 ta maktabda quriliş va ta’mirlaş işlari amalga oşirildi. Xalqaro fan olimpiadalarida öquvçilarimiz qölga kiritgan medallar soni 3 barobar, mintaqaviy olimpiadalarda esa qariyb 2 barobar köpaygani, “Bir million dasturçi” loyihasi doirasida 900 mingdan ziyod öquvçi dasturlaş asoslarini örganib, sertifikatga ega bölgani barçamizni xursand qiladi.

Butun hayotini yoş avlod tarbiyasiga bağişlagan jonkuyar öqituvçilar, ustoz-murabbiylar mehnatini munosib rağbatlantiriş, ularning iş va turmuş şaroitini yaxşilaş, jamiyatdagi obro‘-e’tiborini oşirişga muhim ahamiyat qaratilmoqda.