Dehqonobod tumanida ham chorvachilik, ham o‘qituvchilik qiladigan Bekzod Yaxshiboyev Kun.uz bilan suhbatda 22-23 may kunlaridagi sovuq cho‘ponlar chorvasiga qanday ta’sir qilgani haqida gapirib berdi.

«Asosan nimjon chorva nobud bo‘ldi»

«Bu voqea 22 maydan 23 mayga o‘tar kechasi bo‘ldi. Bir kun oldin ob-havo barqaror edi. Dehqonobodda bu yil o‘t-o‘lanlar yaxshi bo‘lmagani uchun hamma cho‘ponlar dashtga mayda mollarini haydab ketgandi. Qayerdandir sovuq oqim kelib qoldi. Chorvalar o‘zidan o‘zi o‘lib qolaverdi. Bilmay ham qoldik», – deydi u.

Chorvadorning aytishicha, bahorda bunday katta miqdorda chorvani sovuq urib, o‘lishi ilk marta kuzatilmoqda. Mayda mollarning o‘lishi Dehqonobodning Boyqo‘rg‘on hududida ro‘y bergan. Havo isishni boshlagani sababli qo‘ylarning juni olingan bo‘lgan. Shu ham ta’sir qilib, asosan nimjon qo‘y va echkilar nobud bo‘lgan.

«O‘sha kuni sanab chiqdik, 500 tacha chorva nobud bo‘ldi. Men qo‘ylarimni dashtga olib chiqmagandim. Mening chorvamda zararlanish bo‘lmadi. Asosan qo‘ylar va echkilarning kuchsizlari nobud bo‘ldi. Bular ham 2-3 nafar cho‘ponniki emas. 20-30 nafarcha cho‘ponning chorvasi nobud bo‘ldi. Kimdandir 5-10 ta bo‘lsa, boshqa birovdan 30-40 ta chorva nobud bo‘lgan», – deydi Yaxshiboyev.

May oxirida tog‘li hududlarda qor yog‘ishi ilk marta emas

Global iqlim o‘zgarishi O‘zbekistonga ham ta’sir qilib, sellar ko‘payishi, daraxt gullarini sovuq urgani, changli shamollar tez-tez takrorlanayotgani