Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Jomboy tumanida joylaşgan restoranda ötkazilgan töyda qariyb 200 kişi zaharlangani aytilgan xabarlar tarqaldi. Hodisa yuzasidan viloyat IIB va Jomboy tumani hokimligi axborot xizmati munosabat bildirdi. Ahamiyatlisi şundaki, har ikki munosabatda kasalxonaga yotqizilgan bemorlar soni turliça keltirilgan.
Viloyat IIB axborot xizmatining ma’lum qilişiça, Jomboy tumanida yaşovçi 19 nafar fuqaro tibbiyot birlaşmalariga töy bazmida ovqatdan zaharlangani yuzasidan murojaat qilişgan. Ulardan 14 nafari soğligining holati qoniqarli ekani sababli ambulator şaroitda davolanişga yuborilgan. 5 nafari tibbiyot birlaşmasida davolanmoqda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand şahar böyiça IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
«Ayrim telekanallarda 200 nafar fuqaro zaharlangan deya bergan ma’lumotlari haqiqatga töğri kelmaydi va uşbu xabarlar yuzasidan tekşiruv tayinlandi», deyiladi munosabatda.
Jomboy tumani hokimligi axborot xizmati tuman hududida ovqatdan zaharlaniş bilan boğliq holat yuz bergani haqidagi xabarlarni rad etdi. Şuningdek, ovqatdan zaharlanganlar soni ham 200 kişi bölmaganini ma’lum qildi.
«Haqiqatan ham Jomboy tumani Olmazor mahallasida yaşovçi ayrim fuqarolar qorin oğriği hamda köngil aynişi bilan tibbiyot muassasalariga murojaat qilgan. Ammo xabarlarda qayd etilganidek, bemorlar soni 200 nafar emas. Şuningdek, holatga aloqadorligi gumon qilinayotgan bazmgoh Samarqand şahrida joylaşgan», deyiladi tuman hokimligi axborot xizmati munosabatida.
Jomboy tuman tibbiyot birlaşmasidan ma’lum qilinişiça, 28–31 may kunlari yuqumli kasalliklar bölimiga 13 nafar bemor yotqizilgan. Umumiy holati yengil bölgan 5 nafar bemorni “Zarafşon” oilaviy şifokor punktida davolaş çorasi körilgan. Patronaj hamşiralar töyda iştirok etgan har bir fuqaro xonadonida bölib, ularning salomatligini nazoratga olişgan.
Avvalroq, Toşkent viloyati Oqqörğon tumanida joylaşgan boğçada 25 nafar bola zaharlangandi.

















