Samarqand viloyat sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi boşqarmasi axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 26 may kuni Samarqand şahar Farhod qörğonida joylaşgan töyxonada ötkazilgan sunnat töyi tadbirida qatnaşganlarda ovqatdan zaharlaniş holati yuz bergan. Oqibatda 2022 yil 28, 29, 30 may kunlari jami 19 nafar fuqaro ovqatdan zaharlaniş taşxisi bilan şifoxonalarga yotqizilgan.
Jumladan, Jomboy tumani Olmazor mahallasida yaşovçi 11 nafar fuqaro tuman tibbiyot birlaşmasiga qaraşli yuqumli kasalliklar bölimiga, şu mahallada yaşovçi yana 5 nafar fuqaro tuman köp tarmoqli markaziy poliklinikasiga qaraşli “Zarafşon” QVPga murojaat qilgan. Şuningdek, Bulunğur tumani Yangiobod mahallasida yaşovçi 3 nafar fuqaro tuman tibbiyot birlaşmasiga qaraşli yuqumli kasalliklar bölimiga tibbiy yordam sörab borgan.
Dastlabki epidemiologik tekşiruv va suriştiruvlar natijasiga köra, barça bemorlarda 2022 yil 27 may kuni ertalabdan köngil aynişi, qayt qiliş, qorin sohasida oğriq, iç ketişi va tana haroratining kötarilişi kabi bir xil klinik belgilar kuzatilgan.
Bemorlar va töy tadbiriga qatnaşganlar bilan ötkazilgan suriştiruvlarda zaharlaniş Farhod qörğonida ötkazilgan töyda iste’mol qilingan göşt mahsulotlari bilan boğliqligi aniqlangan.
Töyda iştirok etgan 350 nafarga yaqin fuqarolarni aniqlaş borasida uyma-uy yurib ötkazilgan körik va suriştiruvlarda Jomboy tumani Olmazor qişloğida yaşovçi 165 nafar fuqaro, Bulunğur tuman Çangal qişloğida yaşovçi 30 nafar fuqaro va Jizzax şahri “Saroyli” MFY hududida yaşovçi 7 nafar fuqaro töyda qatnaşgani aniqlangan.
Jizzax viloyat sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi boşqarmasi tomonidan örganilganda töyda qatnaşgan 7 nafar fuqaroda kasallik belgilari aniqlanmagan.
Qayd etilişiça, şifoxonalarda bemorlarga tibbiy yordam körsatilgan. Oşqozoni yuvilgan, tozalovçi huqna qilingan hamda dezintoksikatsion hamda simptomatik davo muolajalari ötkazilgan. Şundan söng barça bemorlarning holati ijobiy tarafga özgargan. Davolaş muolajalari muvaffaqiyatli yakunlanib, barça bemorlarga uyiga javob berildi va ularning soğligi kuzatuvga olingan.
Hozirda holat yuzasidan Samarqand şahar böyiça IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
«Eslatib ötamiz, ayrim telekanallarning yangiliklar dasturida 196 nafar, ayrimlarida 200 nafar fuqaro zaharlangan, deya bergan ma’lumotlari börttirilib, asossiz notöğri körsatilgan. Tegişli taşkilotlar mutaxassislari tomonidan ötkazilgan örganiş natijalariga mutlaqo töğri kelmaydi», deyiladi xabarda.

















