Toşkent metrosining «Çilonzor» yönalişida harakatlanib kelayotgan poyezd soat 10:50 lar atrofida «Olmazor» bekatida töxtab qolgan, yölovçilar bekatdan çiqarilgan. Metropoliten izohiga köra, bunga elektr ta’minotidagi qisqa nosozlik sabab bölgan.

«Şu sabab «Çilonzor» yönalişining qolgan bekatlarida ham poyezdlar harakati belgilangan reja jadvalidan özgargan holda bir tomonlama va kiçik halqa jadvali asosida harakatlandi», deyiladi rasmiy ma’lumotda.

Qayd etilişiça, nosozlik soat 11:58da nosozlik bartaraf etilgan. Ayni paytda poyezdlar doimiy jadval asosida harakatlanmoqda.

Ötgan oy Toşkent metrosida harakatlanayotgan poyezd vagonida çiroq öçib qolgandi.