“Qilayotgan işlarimni yurt oldidagi burçim deb bilaman”, deydi u. Biz Asqarali Karimov bilan Amerikadagi faoliyati, Özbekistondagi suv muammosi, infratuzilma, yomğirlardan keyin toşqinda qoladigan Toşkent kabi mavzularda suhbatlaşdik.
“Facebook kompaniyasining serverlarini quradigan inşootni loyihalaştiryapmiz”
— Bugungi kunda “Kasberg, Patrick & Associates” injyenerlik loyihalaş kompaniyasida gidrologiya loyihalarini boşqaraman. Texnik direktorman. Hozir asosiy mijozlarimiz – şaharlar. Şaharlarda toza içimlik suvi, oqova suvlar, yöl infratuzilmasi, drenaj (yomğir yoğganda şaharlardagi suvni olib çiqib ketiş) – hammasini kompaniyamiz loyihalaydi.
Loyihalarimiz köp. Yana biri – özimizning Tempos şahrida Meta (Facebook, Instagram tarmoqlariga egalik qiluvçi kompaniya) serverlarini saqlaydigan inşootning kanalizatsiyasi, suvi kabilarni loyihalayapmiz, 1 mlrd dollarlik loyiha.
Bundan taşqari, şahardagi suv tozalaş inşootimizni kengaytiryapmiz, bu 50 mln dollarlik loyiha, keyingi yili işga tuşirişimiz kerak. Dunyodagi eng oxirgi texnologiyalar – membrana, ultrabinafşa dezinfeksiya tizimlaridan foydalanib quryapmiz. Suv tozalaş inşootini kengaytirişimiz sababi – aholi köpaymoqda. Biz keyingi 20-30 yilni kutib ötirmasdan, hozirdan quryapmiz.

“Özbekistonda qişloq va şaharlar kengayişiga oid volontyorlik loyihasini qilyapmiz”
— Toşkentda işlab yurgan paytlarim Oklahoma universiteti olimlari bilan hamkorlikda grant taşkil qilingan. Özbekistonda ilmiy iş qilmoqçimiz, qaysi şaharlarni tanlab olsak böladi deb öyladik. Ilmiy işdan maqsad – Özbekistonda oxirgi 30-40 yilda şaharlar va qişloqlarning kengayişi böyiça qanaqa özgarişlar bölayotganini örganiş.
Kosmik s’yomkalar berilgandan keyin “remote sensing” texnologiyasi orqali buning ustida işlanadi. Törtta şahar tanlab olganmiz: Buxoro, Samarqand, Qarşi va Toşkent. Hozir “dala işlari” uçun, ya’ni şaharlarga borib, ularning çekkalaridagi drenaj tizimlari, yangi paydo bölgan köça va mahallalarni öz közimiz bilan köriş uçun keldik.
Oklaxoma universitetidan ikkita ilmiy xodimim bor. Biri talaba, ikkinçisi ilmiy xodim. Bu hammasi – volontyorlik loyihasi. Yurtimdagi muammolarni körib turib, köz yummasdan qölimdan kelgança bu muammolarni yeçişni maqsad qilganman. Şu narsalarni Amerikada ham qilaman va Özbekistonda ham amalga oşirişni burçim deb bilaman.

















