Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi ma’lumotiga köra, Özbekistonda jami 162 ta OTM mavjud. Nodavlat OTMlar soni 25 taga, xorijiy OTMlar va filiallari esa 30 taga yetgan. Bu yil hisobida bir neçta OTM yangi oçildi yoki qayta taşkil etildi.

Farmatsevtika texnik universiteti

“Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-işlab çiqariş farmatsevtika klasterida Farmatsevtika texnik universiteti taşkil etildi va OTMga qabul 2022/2023 öquv yilidan grant, tölov-şartnoma asosida amalga oşiriladi.

Universitet Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi muassisligida taşkil etilgan davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, uning faoliyati Agentlik tomonidan muvofiqlaştiriladi.

Andijonda yangi OTM

Andijon davlat çet tillari instituti ham joriy yilda yangi taşkil etilgan OTMlardan biri. Institutda qabul şu yildan boşlanişi belgilangan. Institut talabalariga ikkita xorijiy til böyiça kvalifikatsiya beriladi.

Institutning bakalavriat ta’lim yönalişlariga 2023/2024 öquv yilidan boşlab kiriş imtihonlarida fanlar majmuasidagi çet tili fanidan 4 ta könikmani (tinglab tuşuniş, öqiş, yoziş va gapiriş) baholaşga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon ötkaziladi.

Masofaviy ta’lim beruvçi OTM

Hukumat qarori bilan IT-Park University raqamli universiteti taşkil qilindi. Bu OTMga qabul şu yildan boşlanadi.

MÇJ şaklidagi nodavlat oliy ta’lim taşkilotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minotni işlab çiqiş, axborot tizimi va kompyuter tarmoqlarini boşqariş sohalari böyiça oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlanadi.

Talabalarni öqitiş tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi. Yangi universitetda ta’lim jarayoni kredit-modul tizimi asosida, öqitiş masofaviy ta’lim şaklida olib boriladi, şuningdek, qonunçilikka muvofiq boşqa ta’lim şakllarida ham amalga oşirilişi mumkin.