Dastlabki ma’lumotlarga köra, 5 iyun kuni ötkazilgan referendumda qatnaşganlarning 77,18 foizi Qozoğiston Konstitutsiyasiga özgartirişlar kiritişni ma’qullab ovoz bergan. Bu haqda Qozoğiston Markaziy saylov komissiyasiga asoslanib, Nur.kz xabar tarqatdi.

Referendum iştirokçilarining 18,66 foizi esa tuzatişlarga qarşiligini bildirgan. 2,58 foiz byulleten haqiqiy emas deb topilgan. 1,58 foiz byulleten ovozlarni hisoblaş jarayonida hisobga qöşilmagan, ularda javob variantlarining ikkisiga ham belgi qöyilgan.

Tengrinews.kz xabariga köra, referendumda davomat 68,06 foizni taşkil etgan. MDH davlatlaridan kelgan kuzatuvçilar referenjum davomida «arzimas» qoidabuzarliklarni qayd etişgan.

Nazarboyev merosiga zarba. Qozoğistonda konstitutsiya böyiça referendum ötkazilmoqda

  • Konstitutsiyaga tuzatişlar kiritiş böyiça referendum ötkaziş taşabbusi aprel oyida Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev tomonidan bildirilgandi. Mamlakat aholisiga Konstitutsiyaning 33 moddasidagi 56 tuzatiş uçun ovoz beriş taklif qilingan. Tuzatişlar matni may oyi boşida jamoatçilik uçun e’lon qilingan.
  • Konstitutsiya uçun taklif etilayotgan özgarişlar Qozoğistonni superprezidentlik respublikasidan kuçli parlamentga ega prezidentlik respublikasiga ötkazişni nazarda tutadi. Şuningdek, tuzatişlar mamlakatning birinçi prezidenti Nursulton Nazarboyevni köplab imtiyozalardan — şu jumladan «elboşi» yoki «millat yetakçisi» unvonlaridan mahrum etişga qaratilgan (Nazarboyevning özi ham tuzatişlarni qöllab-quvvatlagan). Bundan taşqari, ular prezident qarindoşlari davlat tuzilmalarida rahbarlik lavozimlarini egallaşini taqiqlaş, Konstitutsion sudni tiklaş, inson huquqlari böyiça ombudsman maqomini mustahkamlaş va ölim jazosini butunlay taqiqlaşni nazarda tutadi.
  • 2022 yil yanvarida Qozoğiston şaharlarida gaz narxi oşişiga qarşi namoyişlar ortidan tartibsizliklar bölib ötgandi. Namoyişçilar va huquq-tartibot organlari örtasidagi töqnaşuvlarda 200 dan ortiq kişi halok bölgan. Namoyişlarni bostiriş uçun Töqayev KXŞT kuçlarini çaqirgan, Nazarboyevni Xavfsizlik kengaşi raisi lavozimidan çetlaştirgan, birinçi prezidentning yaqin kişilari va köplab qarindoşlari rahbarlik lavozimlaridan ketkazilgan, ularning ayrimlari qamoqqa olingandi.