“Huquqiy axborot” kanalining xabar berişiça, qarorga muvofiq Özbekiston hamda Qatar davlati hukumatlari örtasida havo qatnovi töğrisidagi bitim tasdiqlandi.
Qayd etilişiça, mazkur bitim 2021 yil 9 iyunda Toşkent şahrida imzolangan. Transport vazirligi bitimni amalga oşiriş uçun mas’ul hisoblanadi.
Bitim havo qatnovini taşkil etiş, aviakorxonalarni tayinlaş, ularga parvozlarni amalga oşiriş huquqini beriş, belgilanadigan manzillarni aniqlaş, sertifikat va litsenziyalarni tan oliş, ikki davlatda tayinlangan aviakorxonalarning vakolatxonalari faoliyatini tartibga soliş kabi masalalarni nazarda tutadi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegişli vazirlik va idoralarning rahbarlari uşbu xalqaro şartnoma kuçga kirgandan keyin Özbekistonning majburiyatlari bajarilişini ta’minlaydi.

















