2022 yilning 7 iyun kuni Orient Group kompaniyasi Stepan Maslennikovning Makro supermarketlar tarmoğining v.v.b. ijroçi direktori etib tayinlangani haqida e’lon qilindi. Bu lavozimda u Orient kompaniyalar guruhidan taşqarida faoliyatini davom ettirişga qaror qilgan Roman Sayfulinning örnini egallaydi. Top-menejyerning vazifasiga Home Market va Profit Store’larni boşqariş ham kiradi.

Orient Group Management boş direktori Andrey Safronyuk: «Roman öz faoliyati davomida çakana savdo tarmoğiga yangi texnologiyalarni joriy etiş böyiça köp işlarni amalga oşirdi. Uning qöl ostida Makro biznes-jarayonlarni rivojlantirişda oldinga siljib, Özbekiston hududlarida ham kengayişni boşladi. Orient Group nomidan Romanga loyihalarini amalga oşirişda muvaffaqiyatlar tilab qolaman. Işonçim komilki, Stepan Maslennikovning katta boşqaruv tajribasi unga holdingning eng muhim yönalişidagi bozor pozitsiyalarini mustahkamlaşga e’tibor qaratgan holda hozirgi jamoani saqlab qoliş va mustahkamlaş imkonini beradi».

Orient Group kompaniyasining Çakana savdo sohasidagi eng yirik aktivi Makro supermarketlar tarmoğidir. Bozorning sözsiz yetakçilaridan biri bölgan uşbu tarmoq 2010 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda, Özbekistonning barça hududlarida 100 dan ortiq dökonlari mavjud bölib, minglab odamlarni iş bilan ta’minlagan.

Voqeani şarhlar ekan, Stepan Maslennikov şunday dedi: «Işonçim komilki, çakana savdodagi muvaffaqiyatning eng muhim omili bu işonçdir. Gap faqatgina brendning mijozlar bilan yillar davomida barqaror mahsulot va xizmat sifati asosida qurilgan işonçli munosabatlari haqida emas. Xuddi şunday muhim element bu xodimlarning tanlangan strategiya töğriligiga va kompaniya boşqaruviga bölgan işonçidir. Öz navbatida, men jamoaviy ruhni mustahkamlaş va intensiv rivojlaniş vektorini belgilaş uçun qölimdan kelganini bajaraman – bu xodimlarni öziga jalb eta oladi va ilhomlantiradi. Faqat şundagina biz iste’molçilar işonçiga umid qilişimiz mumkin».

Stepan Maslennikov – taşkiliy özgarişlar, strategik va loyihalarni boşqariş, biznesni rivojlantiriş va investitsiyalar böyiça xalqaro tajribaga ega ekspert. Orient Group jamoasiga qöşilişidan oldin Stepan Tyumen Oil Company va British Petroleum kompaniyalarining integratsiyalaşuvidan ötgan. U Qozoğistonning eng yirik neft kompaniyasi – KazMunayGaz’ni transformatsiya dasturini amalga oşirişda iştirok etgan. U yirik xususiy kompaniyalar va moliyaviy va sanoat holdinglari biznesidagi strategik özgarişlarga rahbarlik qildi. 2020 yildan esa Orient Group Management Transformatsiya departamenti direktori, holding strategiyasini şakllantiriş va amalga oşiriş uçun mas’ul.

Orient Group matbuot xizmati Ⓣ