Toşkent, 2026 yil 22 may — Asyad Group, Orient Group va Uzbek-Oman Investment Company Özbekistonning mintaqaviy transport va savdo yönalişlaridagi ortib borayotgan ahamiyatini ta’kidlagan holda, mamlakat logistika infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça strategik bitim yakunlanganini e’lon qildi.
Hamkorlik doirasida Asyad Group Universal Logistics Services va Highway Logistics Center faoliyati bilan boğliq logistika aktivlaridagi strategik uluşni qölga kiritadi. Tomonlar terminal, omborxona va multimodal infratuzilmani birgalikda rivojlantiriş, xalqaro operatsion standartlarni joriy etiş hamda Özbekistonning xalqaro transport yölaklaridagi iştirokini kengaytiriş niyatida. Toşkentning asosiy yuk taşiş markazlaridan biri bölgan Çuqursoy bekatidagi infratuzilmani rivojlantirişga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Davron Ozgurer, Orient Group Management boş direktori:
“Orient Group uçun uşbu hamkorlik logistika yönalişimizni rivojlantiriş va Özbekiston infratuzilma sektoriga xalqaro tajribani jalb qilişda muhim bosqiçdir. Asyad Group va Uzbek-Oman Investment Company bilan birgalikda biz zamonaviy logistika yeçimlarini rivojlantirişga va Özbekistonning xalqaro transport yölaklariga integratsiyasini kuçaytirişga yönaltirilgan uzoq muddatli hamkorlik modelini yaratdik”.
Abdulrahmon Salim Al-Xatmiy, Asyad Group boş direktori:
“Özbekiston — Markaziy Osiyodagi eng istiqbolli logistika bozorlaridan biri. Orient Group va Uzbek-Oman Investment Company bilan hamkorlik Asyad Group’ning xalqaro tajribasini şeriklarning mahalliy bozorga oid çuqur bilimi va tajribasi bilan birlaştirişga imkon beradi hamda yangi savdo yönalişlarini yanada östiriş va rivojlantiriş uçun zamin yaratadi”.
Bahrom Umar Mahmud Muhammad, UzOman boş direktori:
“Asyad Group’ning Özbekiston logistika bozoriga kirib kelişi Ummon Sultonligining Özbekiston Respublikasi bilan strategik şeriklikka sodiqligini tasdiqlaydi. Orient Group bilan hamkorligimizni rivojlantirgan holda, uşbu bitim Özbekistonga jahon darajasidagi logistika tajribasini olib kiradi hamda Markaziy Osiyo va Yaqin Şarq örtasidagi tijorat yölagini mustahkamlaydi”.
Uşbu bitim mintaqaviy savdoning ösişi va mintaqaning global ta’minot zanjirlariga integratsiyalaşuvi tufayli xalqaro investorlarning Özbekiston transport-logistika sektoriga qiziqişi ortib borayotganini aks ettiradi.
Asyad Group — Ummon Sultonligining global integratsiyalaşgan logistika guruhi bölib, uning umumiy aktivlari qariyb 5 milliard AQŞ dollarini, yillik daromadi esa 1 milliard AQŞ dollaridan ortiğini taşkil etadi. 2026 yilda guruh Britaniyaning Ligentia Group kompaniyasini sotib olib, özining xalqaro tarmoğini 24 mamlakat va 76 şahargaça kengaytirdi.

















