Ukraina artilleriya snaryadlariga juda muhtoj, frontdagi vaziyat esa Kiyevga ğarb qurollari yetkazib berilişiga boğliq böladi. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka boş boşqarmasi boşliği örinbosari Vadim Skibitskiy 10 iyun, juma kuni Britaniyaning The Guardian gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Bu artilleriya uruşi», — dedi u va bugun front çiziği kelajakni belgilab beradigan joyda ekanligini qöşimça qildi. «Artilleriya böyiça biz mağlubiyatga uçrayapmiz», dedi Skibitskiy.
«Endi hamma narsa Ğarb bizga nima berişiga boğliq, — dedi u intervyuda. — Ukrainada Rossiyaning 10-15 artilleriya qurilmasiga bitta artilleriya uskunasi töğri kelmoqda. Ğarbiy şeriklarimiz bizga ularda bölgan narsaning qariyb 10 foizini beryapti».
Skibitskiyning sözlariga köra, Ukraina harbiylari kuniga 5-6 mingta artilleriya snaryadini işlatmoqda. «Biz artilleriyaga möljallangan deyarli barça öq-dorilarimizni tugatdik va hozir NATO standarti böyiça 155 kalibrli snaryadlardan foydalanmoqdamiz», — deya davom etdi Ukraina harbiy razvedkasi rahbari örinbosari. «Yevropa ham kiçikroq kalibrli snaryadlarni yetkazib beryapti, biroq ular tugagani sari soni ham kamayib boryapti», — dedi u.
Şu bilan birga, Skibitskiy Ğarb Rossiya artilleriyasini uzoq masofadan yöq qiliş uçun Ukrainani uzoq masofaga uçuvçi raketa tizimlari bilan ta’minlaşi zarurligini ham ta’kidladi.
Avvalroq, iyun oyi boşida Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatçisi Aleksey Arestoviç The Guardian gazetasiga bergan intervyusida Ukrainaga Rossiyadan ustunlikka ega böliş uçun 60 ta yalpi öt oçiş reaktiv tizimi kerakligi haqida aytgan edi. Bu raqam Buyuk Britaniya va AQŞ Kiyevni ta’minlaşga va’da berganidan ança köp.

















