Oliy Majlis Senatining yigirma yettinçi yalpi majlisini 2022 yil 13 iyun kuni çaqiriş töğrisida Senat kengaşi qarori qabul qilindi.

Senat axborot xizmati xabariga köra, navbatdagi yalpi majlisda bir qator masalalar körib çiqilişi nazarda tutilgan.

Jumladan, yalpi majlisda “Davlat mulkini boşqariş töğrisida”gi, “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilişini hamda iste’mol qilinişini çeklaş töğrisida”gi, “Inson a’zolari va töqimalarining transplantatsiyasi töğrisida”gi qonun qabul qilinişi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi hamda “Ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş, şuningdek ayrim qonun hujjatlarini öz kuçini yöqotgan deb topiş töğrisida”gi qonunlar körib çiqiladi.

Şuningdek, senatorlar tomonidan Özbekiston Oliy sudi raisini saylaş töğrisidagi masala ham körib çiqiladi.

13 iyun kuni soat 11:00 da öz işini boşlaydigan Senat navbatdagi yalpi majlisi video-konferens-aloqa şaklida bölib ötadi.