Ma’lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi departamentning Şahrisabz tuman bölimi tomonidan AT “Xalq bank” Şahrisabz filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan.

Unda, filialining 4-sonli sayyor kassa buxgalter nazoratçisi S.I. va kassiri N.R. özaro til biriktirib, tumandagi 150 nafar fuqaroga joriy yilning mart, aprel va may oylari uçun ajratilgan 100,5 mln söm pensiya va nafaqa pullarini fuqarolarga berilişini ta’minlamagani aniqlangan.

Qayd etilişiça, yuqoridagi şaxslar pensiya va nafaqa pullarini özlarining şaxsiy ehtiyojlari uçun sarflab talon-toroj qilgan. Tekşiruv davomida yetkazilgan zararning töliq qoplanişi ta’minlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Departament ma’lumotiga köra, hozirgi vaqtda tergov harakatlari ötkazilmoqda.