Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 2 iyun kuni IIV Şaxsiy tarkib böyiça Samarqand viloyati boşqarmasi xodimlari tomonidan Urgut tumanida joylaşgan Omonqöton YPX maskanida tezkor tadbir ötkazilgan.
Olingan ma’lumotga asosan tadbirda Qaşqadaryo viloyatidan harakatlanib kelayotgan Cobalt maşinasi töxtatilgan. Maşinada bölgan Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz tumanida yaşovçi 25 yoşli şaxs Içki işlar organi xizmat kiyimida tuşgan fotosurati mavjud bölgan soxta xizmat guvohnomasini YPX xodimlariga taqdim etgan paytda uşlangan. Guvohnoma aşyoviy dalil tariqasida hujjatlaştirib olingan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Samarqand viloyati Iştixon tumanida ham soxta IIB xodimi uşlangan va u Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanida yaşovçi şaxs bölib çiqqandi.

















