Ijtimoiy tarmoqlarda Uzbekistan Airways va "Özbekneftgaz" kompaniyalari tomonidan yutuqli öyinlar ötkazilayotganligi haqidagi xabarlar tarqaldi.
Qayd etilişiça, mazkur ma’lumotlar yolğon va haqiqatga mos kelmaydi.
“Bugun internet tarmoğida Uzbekistan Airways Safe Takeoff kompaniyasining 30 yilligini nişonlaş maqsadida ötkazilayotgan tanlov haqida yolğon ma’lumotlar keng tarqaldi. Uşbu tanlov doirasida 3 000 000 söm pul mablaği va sovğalar öynalişi e’lon qilingan. Uzbekistan Airways yölovçilardan plastik karta ma’lumotlarini notaniş saytlarga va havolalarga kiritmaslikni va bunday firibgarlardan ehtiyot bölişni sörab qoladi”, deyiladi kompaniya xabarida.
Şuningdek, messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan sörovnomani töldiriş orqali 5000 dollar yutib olişni taklif qiluvçi havolalar ham firibgarlarning navbatdagi tuzoği hisoblanadi

Internet va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilaridan zaruriyat bölmaganda, özi bilmagan va işonmagan har xil sörovnoma, savol-javob, aksiyalar, elektron havolalar, elektron va onlayn öyinlar va boşqa feyk e’lonlarga kirmaslikni hamda özining şaxsiy ma’lumotlarini oşkor etib aldanib qolmaslikni sörab qolamiz.













