Surxondaryo viloyati hokimligi va viloyatdagi bir qator tuman va şaharlar rasmiy saytlari 6 yanvar kuni hakerlar hujumiga uçradi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
«Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati 2021 yilning 6 yanvar kuni viloyat, şahar va tumanlarning rasmiy saytlari hakerlar hujumiga uçraganligini ma'lum qiladi», deyiladi xabarda.
Ma'lum bölişiça, Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy saytida hakerlar tomonidan viloyat hokimiga murojaat yozib qoldirilgan.
«AKT bölimiga universitetni otasining puliga tugatgan kattakonlarning bolasini emas, soha böyiça haqiqiy mutaxassislarni işga oling. Biz bugun hokimiyat tizimiga kirib bordik. Agar yaxşi mutaxassislarni e'tiborga olib, ularga qimmatli vaqtingizni ajratmasangiz, butun internetda sizning yopiq qaror va farmoyişlaringiz şarmandalarça tarqaladi. Xavotir olmang, sizning ‘tupoy’ AKT xodimlaringiz şarofati bilan biz butun hokimiyat tizimiga kirib ulgurdik», deyiladi unda.

Viloyat hokimligi saytidan taşqari Şörçi, Jarqörğon, Qumqörğon, Şerobod, Oltinsoy, Muzrabot, Denov, Uzun, Angor va Qiziriq tumanlari hokimliklari saytlari ham hakerlar hujumiga uçragan.
Viloyat hokimligi axborot xizmati hozirda saytlarni asl holida işlatiş çoralari körilayotgani va bu haqda qöşimça ma'lumotlar taqdim etilişini ma'lum qilgan.















