Belarusda olti yillik qamoq jazosiga hukm qilingan Rossiya fuqarosi Sofiya Sapega afv etişlarini sörab ariza berdi. 27 iyun, duşanba kuni «Interfaks» agentligining rossiyalik qiz advokati Anton Gaşinskiyga tayanib xabar berişiça, ariza 22 iyun kuni Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenko nomiga ariza Sapega jazo muddatini ötayotgan Gomeldagi 4-koloniya ma’muriyatiga yuborilgan.
Advokatning sözlariga köra, qiz olti yillik qamoq jazosini ötaşdan ozod qilişni yoki uni yengilroq jazo bilan almaştirişni söragan. «Men şunçaki oilamga yaqin bölişni xohlayman. Erkin nafas olişni xohlayman», deyiladi arizada.
Sapega «Belarus qora kitobi» telegram-kanali ma’muriyatidagi iştirokini «yoşlik va ahmoqlik», şuningdek, «buzğunçi odamlar guruhi ta’siriga tuşib qolgani» bilan izohladi. Murojaatga şaxsiy kafolatlar ilova qilingan, kafillarning ism-şariflari oşkor etilmagan.
Vilnyusdagi Yevropa gumanitar universiteti talabasi Sapega 2021 yilning may oyida muxolifatdagi Nexta telegram-kanalining sobiq muharriri Roman Protaseviç bilan birga Ryanair aviakompaniyasi samolyoti Minskka qönişga majbur bölganidan keyin qölga olingan edi. Dekabr oyida Belarus Tergov qömitasi unga nafrat uyğotiş moddasi böyiça yakuniy ayblov e’lon qildi.
3 iyun kuni Lukaşenko Sapegani Rossiyaga topşiriş mumkin, deb hisoblaşini ma’lum qildi. «Qizga açinaman. Bu masalani hal qiliş kerak. U rossiyalik, bizda tegişli amaliyot bor. Rossiya fuqarosini Rossiyaga topşirişimiz mumkin. U yerda jazo muddatini ötasin. Bu unga dars böladi», deya uning sözlarini keltirgan «Interfaks» agentligi.

















